Yevroittifoq YeI mamlakatlariga kirishni osonlashtirish maqsadida viza berish tartibini yangiladi. Bu haqda YeI kengashi bayonotida ma'lum qilindi.
"Bugun kengash viza kodeksi qoidalariga legal sayohatchilar uchun sharoitlarni yaxshilaydigan hamda migratsion inqiroz bilan bog‘liq muammolarni hal qilish imkoniyatlarini kengaytiradigan tuzatishlar kiritdi", - deyiladi bayonotda.
Kengashning bildirishicha, "yangi qoidalar legal sayohatchilar uchun viza olish jarayoni yanada oson va tez bo‘lishini ta'minlaydi".
Shu bilan birga, YeI konsullik yig‘imini 60 yevrodan 80 yevroga oshiradi.
"A'zo davlatlar viza rasmiylashtirish xarajatlarini yaxshiroq qoplashi uchun viza yig‘imi 80 yevrogacha oshiriladi", - deb aniqlik kiritdi kengash.
Yevrokomissiya ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Shengen mamlakatlariga kirish uchun 102 davlat fuqarolari viza olishlari mumkin.
















