Reuters agentligining ikki suhbatdoşiga köra, uşbu ikki mamlakatning immigratsion vizalariga ustuvorlik beriş haqidagi farmoyiş Oq uydan kelgan. Boşqa mamlakatlar uçun immigratsion viza suhbatlariga yozilişni vaqtinça töxtatiş tartibi öz kuçida qolmoqda.

AQŞ nima uçun aynan Vengriya va Polşani ajratib körsatgani hozirça nomaʼlum. Reuters’ning qayd etişiça, Tramp va uning maslahatçilari har ikki davlat hukumatidagi öng qanot kuçlar bilan yaqin aloqalar örnatgan. Xususan, Tramp Vengriyaning sobiq boş vaziri Viktor Orbanni, şuningdek, Polşaning amaldagi prezidenti Karol Navrotskini oçiq qöllab-quvvatlagan, uning saylanişi esa boş vazir Donald Tuskning markazçilar hukumati bilan ziddiyatga olib kelgan edi.

2026-yil boşida AQŞ Davlat departamenti 75 mamlakat, jumladan, Özbekiston fuqarolari uçun immigratsion viza arizalarini körib çiqişni töxtatişga qaror qilgani maʼlum bölgan edi. Idora konsullarga AQŞda ijtimoiy nafaqa olişga urinişi mumkin bölgan şaxslarga viza berişni rad etişni tavsiya qilgan. Davlat departamentining bu qarori ustidan sudga şikoyat qilingan. Avgust oyida Nyu-York ştati federal sudi uni noqonuniy deb topib, qarorni bekor qilgan. Biroq oy oxirida Tramp maʼmuriyati konsullik xodimlarini «çuqurlaştirilgan öqitiş»dan ötkaziş uçun immigratsion viza arizalarini körib çiqişni yana töxtatib qöygan edi.