Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 7 iyun kuni hududlarda sanoatni rivojlantiriş, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni özlaştirişni jadallaştiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

«Ma'lumki, davlatimiz rahbarining Qoraqalpoğiston va viloyatlarga taşriflari çoğida qator korxonalar işga tuşirilgan, yana köplarining taqdimotlari ötkazilgan edi. Bundan taşqari, hozirda Boş vazir örinbosari boşçiligida işçi guruh tuzilib, sanoati nisbatan ortda qolayotgan hududlar böyiça qöşimça sanoat loyihalari işlab çiqilmoqda. Bu loyihalarni infratuzilma quvvatlari mavjud obektlar va maydonlarga joylaştirişga alohida e'tibor qaratilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda şu borada amalga oşirilayotgan işlar Andijon viloyati misolida tahlil qilindi. 

Mazkur viloyatda sanoat diversifikatsiya qilinmagani, işlab çiqariş faqat ikki tarmoq – avtomobilsozlik va töqimaçilikka boğlanib qolgani körsatib ötildi. Hududiy sanoatda band bölganlarning qariyb 60 foizi, işlab çiqariş hajmining 83 foizi uşbu tarmoqlarga töğri keladi. Böz, Buloqboşi, Izboskan, Qörğontepa, Marhamat, Paxtaobod, Jalaquduq, Baliqçi, Uluğnor tumanlarida sanoat yaxşi rivojlanmagan. 

Aholi ziç yaşaydigan, har qariç yer oltinga teng bölgan viloyatda 98ta davlat obektida zarur infratuzilmaga ega 90 gektar maydon va 163 ming kvadrat metr bino böş turibdi. Prezidentimizning bunday bino va yerlardan samarali foydalanib, köproq iş örni yaratadigan korxonalar taşkil etiş, tumanlarda sanoatni diversifikatsiya qilişga oid topşiriğiga muvofiq, Andijon viloyatida 2022 yilgaça amalga oşiriladigan 236ta yangi loyiha işlab çiqildi. 

Ular, avvalgi loyihalar bilan qöşib hisoblaganda, yaqin uç yilda qariyb 41 mingta doimiy iş joyi taşkil etiş hamda 1 milliard 87 million dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni özlaştiriş imkonini beradi. Viloyat sanoati diversifikatsiya qilinib, işlab çiqariş hajmi quriliş materiallari tarmoğida 4 barobar, elektrotexnika, çarm-poyabzal va kimyo sohalarida 2,1 barobar, oziq-ovqat sanoatida 3 barobar köpayadi. Tumanlar miqyosida olganda, ularning sanoat salohiyati ança oşib, özaro tafovuti kamayadi. 

Davlat rahbari Farğona vodiysida sanoat va tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun investitsiya fondi tuzilişini ta'kidladi. Uşbu fond foizli kreditlar ajratmaydi, balki loyihada öz mablağlari bilan biznes hamkor sifatida iştirok etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, bu sa'y-harakatlar Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarining har birida 10 mingta yangi iş örni yaratiş imkonini beradi.