O‘zbekiston | 12:48 / 08.06.2019
7441
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ispaniyadan yana ikkita tezyurar poyezd sotib olish bo‘yicha bitim imzoladi 

Foto: Transport vazirligi

Mamlakatda yangi temir yo‘l liniyalari barpo etish, shaharlar o‘rtasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi elektropoyezdlar qatnovini tashkil etish va bu orqali aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda Transport vazirligi. 

Bildirilishicha, bunga Ispaniya hukumatining rasmiy kredit instituti bilan yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi ikkita poyezd, vagonlar («ekonom» toifadagi), ularning butlovchi qismlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarga servis xizmati ko‘rsatish uchun uskunalarni sotib olish bo‘yicha kredit bitimi imzolangani misoldir. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berishicha, hujjatni imzolash marosimi 2019 yil 30 may kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b X.Hosilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligining savdo va investitsiyalar bo‘yicha bosh direktori Mariya Paz Ramos Resa va IKO rasmiy kredit instituti xalqaro biznes bo‘limi boshlig‘i Silviya Diaz ishtirok etishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid