Bugun, 9 iyun kuni Millatlar ligasida final uçraşuvi bölib ötadi. Portugaliya va Niderlandiya turnir tarixidagi ilk çempion kim bölişini aniqlab olişadi.

Ronaldu qaçon va qança kerak bölsa öşanda va şunça gol uradi

Millatlar ligasi yakuniga yetmoqda. Turnir ğolibligi uçun yaqqol favorit yöq. Ğolib jamoa turnir tarixidagi ilk ğolib maqomi va mukofot pullaridan taşqari, 2020 yilgi Yevropa çempionatiga töğridan-töğri yöllanmani qölga kiritadi. Millatlar ligasining avvalgi bahslari şunçaki örtoqlik maqomida keçgan bölsada, final öyini butunlay boşqa miqyosda - örtaga haqiqiy sovrin tikilgan.

Öyinga FIFA referisi, 45 yoşli Alberto Undiano Malenko hakamlik qiladi. Ispaniyalik hakam uçun bu faoliyatidagi oxirgi öyin böladi - u endi pensiyaga çiqmoqda. Bu arbitr faoliyati davomida 348 öyinda işladi, şu jumladan 2010 yilgi jahon çempionatida ham.

Portugaliyaliklar yarimfinalni Portuda Şveytsariyaga qarşi ötkazişdi. Fernandu Santuş bu öyinga yoşlik va tajribani uyğunlaştirgan tarkibni tuşirdi, Kriştianu Ronaldu esa het-trik qayd etib, jamoasini finalga olib çiqdi. Bu uning faoliyatidagi 53-het-trik böldi.

E'tiborli jihati, portugaliyalik yulduz ötgan yil yozida Rossiyada bölib ötgan jahon çempionatidan buyon ilk marta terma jamoa uçun gol urdi. Şu bilan birgalikda qaçon va qança kerak bölsa şunça. Şveytsarlarga qarşi öyin yakunlanayotgan pallada tabloda 1:1 hisobi porlab turganida Ronaldu ikki daqiqa içida ikki gol urib, ğalabani ta'minladi.

Millatlar ligasida ham VAR xatosi. Ammo Ronaldu barçasini töğriladi

Enli u portugallarning Yevropa çempioni maqomi yoniga Millatlar ligasi ğolibi maqomini ham qöşib qöyişi mumkin. Yana bir qadam qoldi.

Kriştian Ronaldu - albatta niderlandlar xavfsiraydigan yagona raqib futbolçisi emas. Portugallarning yangilangan tarkibidan 19 yoşli Joau Feliş ham örin olgan. U hali terma jamoa bilan sovrin yutmagan va uning sovrin uçun iştiyoqi boşqalarnikidan yuqoriroq, deyiş mumkin. U bu işni bugunoq amalga oşirişga harakat qiladi.

Promes yana yetakçi

Portugallarning raqibi alohida tarix. Niderlandiya terma jamoasini barça hisobdan çiqarganda bu jamoa uyğondi. Ayniqsa şu mavsumda «qizil lolalar yurti» vakillari barça darajada özini körsatdi - «Ayaks» Çempionlar ligasida, Niderlandiya terma jamoasi Millatlar ligasida. Ronald Kuman şogirdlarining yarimfinalda inglizlar ustidan irodali ğalabaga erişişi «Ayaks»ning yevromavsumda qilgan işlari takrori kabi böldi.

Endi hamma Niderlandiya katta kuç ekanini anglab turibdi. Bu terma jamoa 2020 yilgi Yevropa çempionatida ham, 2022 yilgi jahon çempionatida ham asosiy favoritlar qatorida sanaladi. Ularning amaldagi Yevropa çempionlariga qarşi öyinini kuzatiş qiziq böladi. Bu öyin amalda Yevropaning ayni vaqtdagi eng kuçli jamoasi kim ekanini aniqlab beradi. 

«Bu mavsum biz uçun hayratomuz keçmoqda. Biz Çempionlar ligasi yarimfinalida yutqazdik, ammo çempionatda va mamlakat kubogida ğolib çiqdik. Endi esa bizda yana nimadir yutiş imkoni bor», dedi «Ayaks» va «apelsinranglar» yarimhimoyaçisi Frenki de Yong öyindan oldin.

Promes — Angliya jallodi. Kulgili xatolar va niderlandlarning qasosi

Töğri, Angliyaga qarşi keçgan yarimfinal öyinining asosiy qahramonlari amsterdamliklar jamoasi vakillari emasdi. «Sautgeyt bolalari»ni Kvinsi Promes va Memfis Depay tandemi «kömişdi». «Spartak»ning sobiq hujumçisi overtaymlarda ğalaba goli muallifi böldi, sobiq «qizil iblis» esa uç golda ham iştirok etdi. Promes ham, Kriştianu ham bir qanotda öynaydi va bu öyin bu ikki futbolçining özaro qarama-qarşiligiga aylanişi mumkin.

Ğolib katta pul oladi. Millatlar ligasida yarim final öyinlari

Bugun Angliya va Şveytsariya terma jamoalari örtasida uçinçi örin uçun bahs ham ötkaziladi. Uçinçi örin uçun bahs Gimaraynşda (Toşkent vaqti bilan soat 18.00), final öyini – Portuda (Toşkent vaqti bilan soat 23.45) ötkazilişi belgilangan.