Yevropa böylab 8ta ofisga ega Relaxing Gaming kompyuter dasturlari işlab çiqaruvçi kompaniyada iş boşlagan Endryu Krosbi har kuni 140dan ortiq elektron xatlarni öqib, ularga munosabat bildirişi lozim. Kompaniyada iş boşlaganiga hali 1 yil tölmagan xodimning elektron poçtasida 7 mingdan ortiq öqilmay qolgan xatlar mavjud, deb yozmoqda Bi-bi-si.
«Iş va şaxsan sizga daxldor deya topilgan xatlarni öqiyman, ularning ayrimi köp vaqt oladi va bu samarasiz mehnatga aylanadi», — deydi kompaniya xodimi Krosbi.
Uşbu vaziyatdagi muammo şundaki, uzoq muddat kutilgan yoxud muhim qaror qabul qilişga turtki böladigan maktub bilan juda keç tanişib, atang qilişingiz yoki uni umuman öqimasligingiz mumkin. Elektron poçtada tölib-toşgan xatlar oqimini qanday boşqariş mumkin? Ular sizga qanday ta'sir qilişini bilasizmi?
Mançester universiteti professori Kari Kuperga köra, elektron poçtadagi öqilmay qolayotgan xatlar kişi salomatligiga jiddiy ziyon qiladi.

Psixologiya sohasi tadqiqotçisi, professor Kuper elektron poçtadagi haddan taşqari köp xatlar iş joyida stressning paydo bölişiga sabab bölişini ta'kidlaydi.
«Muammo esa elektron poçtadan samarali foydalaniş va xatlar oqimini qanday boşqariş haqida ixçam qöllanma yöqligida, deb bilaman.
Agar öta muhim masalaga doir bölmasa, iş boşqaruvçilar xodimlariga iş soatidan taşqari elektron yozişmalarni yubormasligi lozim. Masalan, duşanba kuni bajarilişi lozim bölgan topşiriq haqida rahbarning xodimiga juma oqşomda yozişi alaloqibat işçining stressga berilişining sababçisi böladi», — deydi Kuper.
Şu tufayli, ayrim kompaniya va hukumatlar işda içki xat almaşinuvini kamaytirişga oid çora-tadbirlarni tasdiqlagan. Masalan, Fransiya hukumati 2017 yili ofis xodimlariga içki topşiriqlarni xat orqali bildirişni kamaytiriş taşabbusi bilan çiqdi. Taşabbusni qöllab-quvvatlagan Rentokil kompaniyasi qoida buzilgan taqdirda, xodimga 60 ming yevro tovon tölanişini ma'lum qildi.
Şunga qaramay, içki xat almaşinuvi va elektron yozişmalardan töla voz keçiş utopiya bölib körinadi. Bu masalaga konstruktiv yeçim topa olgan dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçisi eng omadli kompaniyaga aylanişi mumkin, deya hisoblaydi AQŞning Slack kompaniyasi.












