AQŞ prezidenti Donald Trampning yaqin safdoşlari xizmat vazifalarini bajariş çoğida şaxsiy elektron manzillaridan foydalangan, deb yozmoqda The New York Times naşri. 

Gazeta manbalariga köra, Tramp yonidagi sobiq va amaldagi mulozimlardan kamida 6 nafari ayni amaliyotni qöllagan. Ular orasida Trampning qizi Ivanka va maslahatçi kuyovi Jared Kuşner ham bor. Bundan taşqari, naşrning yozişiça, Oq uy apparatining sobiq rahbari Rayns Pribas, ma'muriyatning sobiq boş strategi Stiven Bennon, Trampning asosiy maslahatçilaridan biri Stiven Miller va Milliy iqtisodiy kengaş direktori Geri Kon şular jumlasidan. 

Gazetaga köra, Kuşner Tramp inauguratsiyasidan söng 7 oy mobaynida şaxsiy elektron poçtasi yordamida iş bilan boğliq 100 dan ortiq elektron maktub yuborgan va qabul qilgan. Pribas va Bennon vaqti-vaqti bilan şaxsiy poçtalaridan xizmat maqsadlarida foydalanişgan. Miller va Kon bunga bir neça marta yöl qöygan. Ivanka Tramp rasman ma'muriyat xodimi bölguniça va undan keyin ham şaxsiy elktron poçta manzilidan xizmat maqsadlarida foydalanib kelgan. 

Maqolada ta'kidlanişiça, rasmiy şaxslar, şu jumladan Oq uy ma'muriyati xodimlariga, nazorat organlarining kuzatuvini ta'minlaş maqsadida iş poçta qutilaridan foydalanişlari belgilangan. Şaxsiy poçta manzilini qöllaş uçun undagi matnlardan xizmat qutisiga nusxa köçirilsagina izn beriladi. Gazeta buni yuqoridaagi kişilardan birortasi bajarganmi, yöqmi oydinlik kiritmagan. 

Ma'lumki, Tramp saylovoldi kampaniyasi çoğida sobiq davlat kotibi, prezidentlikka nomzod Hillari Klintonning davlat kotibi bölgan vaqtda şaxsiy elektron poçtasidan xizmat maqsadlarida foydalanganini jiddiy tanqid qilgan edi.