7 iyun kuni Özbekiston milliy jamoasi Toşkentda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan örtoqlik öyinini ötkazdi va 4:0 hisobida ğalaba qozondi. Yirik hisobdagi ğalaba muxlislar kayfiyatini kötargani barobarida «Milliy» stadionining yangilangan çimi yana e'tirozlarga sabab böldi.

KXDRga qarşi uçraşuv «Milliy» arena maydoni töla köçirib taşlanib, unga butkul yangi çim ekilganidan keyingi birinçi rasmiy öyin edi.

Tribuna.uz naşri mazkur holatga izoh oliş uçun ÖFA buyurtmasi asosida Özbekistonning boş arenasi maydonini parvarişlaş mas'uliyatini olgan turkiyalik mutaxassis Tayfun Tunguzga murojaat qildi. U xavotirga örin yöqligini aytmoqda.

«Çim sinovdan yaxşi ötdi. Xavotirga örin yöq. Köçgan joylar bundan köproq ham bölişi mumkin, deb kutgan edik. Ekilganiga 5-6 yil bölgan çimlarda ham bu narsa böladi.

KXDR bilan öyinda maydonning 5ta nuqtasida köçgan va buzilgan joylar böldi. Bundan xavotir olmasa ham böladi. Beştadan köproğiga salbiy baho beriş mumkin edi, lekin bu normal holat. Ekilgan çim jahon standartiga javob beradi.

Maydonning hozirgi holatiga bemalol yaxşi baho berişimiz mumkin. Buni yutuğimiz deb hisoblayman. Ketgan mehnatimizga arziydi. 11-sanada böladigan öyinda bundan ham yaxşiroq böladi», – deydi u.

Tayfun Tunguz Turkiyaning «Iren» kompaniyasining landşaft dizayni böyiça arxitektori sanaladi. Uning sözlariga köra, yana 1 – 1,5 oylardan keyin «Milliy» stadioni çimi ideal holatga keladi va unda maysa öpirilişlari kuzatilmaydi.

«Maydonga ikki xil – sekin va tez ösuvçi maysa uruği ekilgan. Birinçisi yöqolib ketadi, ikkinçisi esa baquvvat bölib qoladi.

Çimga e'tibor bilan yaxşi qaralsa, 10-15 yil bemalol xizmat qiladi. Har bir-ikki yilda uruğ soçib turiladi. Turkiyadagi «Qaysarispor» stadioni çimi 8 yil oldin – 2011 yilda ekilgan edi», – dedi Tayfun Tunguz.

Hozir uşbu stadion maydonini parvarişlaş bilan beş nafar xodim şuğullanmoqda. Ulardan ikki nafari – «Iren» kompaniyasi mutaxassislaridir.

Uşbu kompaniya Turkiyada 6ta yopiq va 56ta oçiq stadion maydoni parvarişi bilan şuğullanadi. Şuningdek, Gruziya va Xorvatiyadagi bir neçta öyingohlarga xizmat körsatiş bilan birga yana qator mamlakatlarga çimni parvarişlaş texnikalarini eksport qiladi. Xususan, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi ham may oyida yopiq stadion maydonini şamollatişda foydalaniladigan 15ta maxsus ventilyator sotib oldi.

Turkiya futbol federatsiyasining maydonlar holati böyiça inspektori hisoblanuvçi Tayfun Tunguz bilan şartnoma 16 iyungaça tuzilgan.

«Undan keyin esa bir oyda bir marta kelib turamiz. Bu yerdagi maydon ustalariga hammasini örgatganmiz. Ular çimga öğit va dorilarni vaqtida berib borişsa, suğoriş va öriş işlarini bajarib borişsa bas.

Har oy kelib tursak-da, internetda surat yuboriş orqali ham boğlanib, kerakli tavsiyalarni berib turamiz», – deydi turkiyalik mutaxassis.

Uning aytişiça, hozir Özbekistonda futbol maydoni çimi böyiça yetuk mutaxassislar yöq. Mamlakatdagi aksariyat stadionlarda çim tuproqda ekilgan. FIFA standartlariga asosan esa maysa qumga ekilişi lozim. Tuproqqa ekilgan maysa ildizi yerga çuqur kirib bora olmaydi. Qolaversa, qumli maydonda futbolçilar yiqilganda jarohat oliş ehtimoli kamroq böladi.

Eslatib ötamiz, «Milliy» stadioni 2012 yilda foydalanişga topşirilgan bölsa, şundan buyon undagi maydon holati tez-tez tanqid qilib kelinadi. Avval «Bunyodkor» nomi bilan atalgan arena 2018 yilda ÖFA tasarrufiga ötkazilgan edi.

Arenaning avvalgi çimi mutlaqo talabga javob bermasdi. Şu bois 2019 yil boşida u tölaligiça köçirib taşlangan, mart oyida maydonga ilk uruğ sepilgan edi.