Özbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati «Milliy» stadioni çimi holatini közdan keçiriş, mavjud muammo va kamçiliklar nimalardan iborat ekanini biliş maqsadida 11 iyul kuni arenada böldi.

ÖFA rasmiy sayti xabariga köra, taşkilot vitse-prezidenti Ravşan Ermatov va boşqa mutasaddilar çimni yangilaş bilan şuğullanayotgan Turkiyaning «Iren» kompaniyasi vakillari bilan uçraşgan.

«Uçraşuv çoğida Ravşan Ermatov stadion maysasi yangilangan bölsa-da nima uçun hamon yaxşi holatga kelmayotgani va mazkur muammoni bartaraf etiş uçun qanday çoralar körilişi lozim ekani borasida turk mutaxassislari fikri bilan qiziqdi.

Uçraşuv davomida çimni bizning iqlimimizga töliq moslaşişi hamda xalqaro standartlarga doimiy tarzda javob beradigan bölişi uçun amalga oşirilişi lozim bölgan işlar muhokama etildi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Ma'lumot örnida, Özbekistonning boş arenasi çimi muammosi yuzasidan Tribuna.uz ötgan oyda «Iren» kompaniyasi vakili Tayfun Tunguz bilan suhbatlaşgan, suhbatda turk kompaniyasining mas'ul mutaxassisi yana 1 – 1,5 oylardan keyin maydon çimi ideal holatga kelişi va unda maysa öpirişlari kuzatilmasligini aytgan edi.