Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov 14 avgust kuni «Bunyodkor» stadioni va akademiyasiga taşrif buyurdi, deb xabar beradi «Bunyodkor» klubi sayti.

Ermatov dastavval «Bunyodkor» stadionining çimini közdan keçirdi. Maydonning sifatini yaxşilaş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni mutaxassislar bilan muhokama qildi. Şundan söng, «Bunyodkor» akademiyasiga ham taşrif buyurib, bolalar uçun yaratilgan şaroitlar, maydonlarning holati bilan tanişdi. Mas'ul mutaxassislarning fikrlarini tinglab, tegişli körsatmalar berdi.

Ermatovning taşrifi «Bunyodkor» muxlislari uçun yaxşi yangilik bilan yakunlandi. Ya'ni «Bunyodkor» klubi yana «Bunyodkor» stadioniga qaytadigan böldi. Superliganing 18-turidan örin olgan, 26 avgust kuni bölib ötişi rejalaştirilgan «Bunyodkor» - «Lokomotiv» öyini «Bunyodkor» stadionida ötkazilişi tasdiqlandi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

Qöşimça qiliş joizki, 2018 yil iyun oyida «Bunyodkor» stadioni nomi «Milliy» deb özgartirilib, unda faqat Özbekiston milliy va olimpiya jamoalarining uy öyinlarini ötkaziş belgilab qöyilgan edi.

Hozirça «Milliy» stadionning nomi yana «Bunyodkor» deb özgartirilişi haqida heç qanday xabar çiqmadi.