Surxondaryoda bojxonachilar dron olib o‘tishga uringan shaxsni to‘xtatdi
Bojxonachilar tomonidan uchuvchisiz uchish qurilmasini yurtimizga noqonuniy olib kirish bilan bog‘liq yana bir konunbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Gulbahor” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.A.ning qo‘l yuklari post xodimlari tomonidan rentgen-skaner apparati yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, mazkur fuqaroning qo‘l sumkasi ichida uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga ko‘ra, uchuvchisiz uchish qurilmalarini mamlakatimizga olib kirish, sotish va maxsus ruxsatsiz foydalanish taqiqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.
Mavzuga oid
13:35 / 03.01.2025
Rossiya 72 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi
09:36 / 03.01.2025
Rossiya dronlari Oliy rada ma’muriy binosiga zarar yetkazdi
09:31 / 28.12.2024
GUR: Dronlar Ukraina chegarasidan 2000 km uzoqlikdagi nishonlarga hujum qila oladi
12:55 / 21.12.2024