AQŞ prezidenti Donald Tramp Facebook, Amazon va Google kompaniyalarini demokratik partiya bilan öziga qarşi til biriktirişda aybladi.
"Ular meni diskriminatsiya qilişyapti deyişim mumkin. Odamlar til biriktiriş haqida gapirişyapti. Haqiqiy til biriktiriş demokratlar va uşbu kompaniyalar örtasida, çunki ular saylovlar vaqtida menga qarşi edi. Hamma agarda menda bu kompaniyalar bölmasa, ğalaba qozonolmasligimni aytgandi. Ammo men ğalaba qozondim", - dedi u CNBC telekanali efirida.
Avvalroq u Twitter ijtimoiy tarmoği ma'muriyatini uning akkauntidagi köplab obunaçilarni öçirib yuborganlikda ayblagandi.
Amazon rahbari Jyeff Bezos ham öziga tegişli Washington Post gazetasidagi maqolalar tufayli AQŞ prezidentining tanqidiga köp marta duçor bölgan.












