Toşkentda 1-sinfga qabulda yangi tizim joriy etiladi - 7 yoşga tölmagan bolalar pul evaziga maktab yoşiga yetganlar bilan öqişi mumkin
|00:30 / 12.06.201953 5215 min
Xalq ta'limi vazirligi örganişlar va ijtimoiy sörov natijalariga köra ota-onalar tomonidan talab yuqori bölgan maktablarga 1-sinfga qabul jarayonida korrupsiya bilan boğliq salbiy holatlar mavjud ekanligi aniqlanganini ma'lum qildi.
Ular quyidagilar:
Birinçidan, maktabga biriktirilgan mikrohududdan taşqaridagi bolalarni qabul qiliş uçun taniş-biliş qidiriş yoki maktab rahbariyatiga noqonuniy tölovni amalga oşiriş;
Ikkinçidan, 7 yoşga tölmagan bolalarni maktablarga joylaştiriş uçun taniş-biliş qidiriş yoki noqonuniy tölovlarni amalga oşiriş;
Uçinçidan, maktabda ta'lim tilida öqib ketişga könikmasi yetarli darajada bölmagan bolalarni berişdagi şu kabi salbiy holatlar.
Bu kabi holatlar oqibatida maktablarda taniş-bilişlarning «qönğiroq orqali iltimoslari» yoki noqonuniy tölovlar natijasida maktab siğimiga nisbatan köproq öquvçilar qabul qilinişi va sinflarda bolalar soni 40—50 nafargaça oşib ketişi holatlari kuzatilmoqda. Bu esa, öz navbatida, mazkur maktablardagi ta'lim sifatiga salbiy ta'sir körsatadi.
Ayniqsa, 7 yoşdan kiçik yoki ta'lim olib boriladigan tilni bilmaydigan öquvçilarga pedagoglarning köproq kuç va e'tibori talab etilayotganligi sababli boşqa öquvçilarning özlaştirişiga jiddiy ta'sir körsatmoqda. Eng yomoni, taniş-biliş yoki yuqoridan qönğiroq qilib bolasini joylaştiriş kabi salbiy holatlar oqibatida, öşa mikrohududda yaşaydigan aholining farzandlari bunday talab yuqori bölgan maktablarda öqiş imkoniyatidan mahrum bölib, aholining haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda.
Yuqoridagi salbiy holatlarni oldini oliş maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjatga köra, 2019 yildan boşlab talab yuqori bölgan maktablarga (hozirça Toşkent şahridagi 81 ta maktablar) qabul Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga köra, uşbu umumta'lim muassasalariga bolalar asosiy va qöşimça kvota asosida qabul qilinadi. Yangi qabul tizimi bosqiçma-bosqiç boşqa viloyatlarda ham yölga qöyilişi rejalaştirilgan.
Tuman (şahar) hokimliklari tomonidan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning (tegişli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoşga töladigan) farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bölgan hamda yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar sonini inobatga olgan holda asosiy kvota şakllantiriladi.
Mavzuga oid
Umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib çiqib, mikrohududdan taşqarida istiqomat qilayotgan maktab yoşidagi, mikrohudud va mikrohududdan taşqari maktab yoşiga yetmagan (tegişli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoşga töladigan), şuningdek, umumta'lim muassasalarida ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölmagan bolalar uçun qöşimça kvota ajratiladi.
Davlat xizmatlari markazlari orqali bolalarni umumta'lim muassasalariga (asosiy kvota böyiça) qabul qiliş har yili 15 iyundan 31 iyulga qadar, qöşimça kvota böyiça har yili 15 iyundan 31 avgustga qadar amalga oşiriladi.
Qöşimça kvota böyiça umumta'lim muassasalariga qabul qiliş uçun bir bolaga nisbatan quyida nazarda tutilgan holatlarning har bir bandi böyiça ota-onalarning ixtiyoriy roziligi asosida eng kam oylik iş haqining 10 baravaridan kam bölmagan miqdorda bir martalik yiğimlar undiriladi:
mikrohududdan taşqarida istiqomat qilayotgan maktab yoşidagi bolalar;
mikrohudud va mikrohududdan taşqari maktab yoşiga yetmagan, ya'ni tegişli yilning 1 yanvaridan 31 dekabrga qadar 7 yoşga tölmaydigan bolalar;
umumta'lim muassasalarida (mikrohudud va mikrohududdan taşqari) ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölmagan bolalar uçun.
Mazkur mablağlar maktabdagi şaroitlarni yaxşilaş hamda maktab öqituvçilari va direktorini rağbatlantiriş uçun yönaltiriladi.
Umumta'lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini bevosita Kuzatuv kengaşi a'zolari tomonidan nazorat qilib boriş közda tutilgan. Jumladan, Kuzatuv kengaşi a'zolari maktab mablağlarini töğri sarflanişini nazoratga oladi.
Toşkent şahridagi quyidagi maktablarga 2019/2020 öquv yilidan boşlab bolalarni qabul qiliş jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi:
Bektemir tumanidagi 289,290, 291,293-son maktablari;
Mirobod tumani 31,60, 94, 110, 125, 263-son maktablari;
Mirzo Uluğbek tumani 35, 50, 64, 71, 187, 210, 279-son maktablari;
Olmazor tumani 159, 191, 233, 242, 243, 249, 298-son maktablari;
Sergeli tumani 6,7,300-son maktablari;
Uçtepa tumani 38, 44, 74, 75, 107, 228, 238-son maktablari;