Yoz fasli ham keldi. Ofisda işlaydigan xodimlar ta'tilga çiqib, dengiz sari yöl olişdi. Hatto yurtimizdagi soy böylari ham iş kompyuteri monitori yoki zavoddagi işga qaraganda ança yaxşi. Hordiqning ijobiy jihatlaridan biri – zöriqişdan xalos böliş uçun muhitning almaştirilişi. Plyajdan qaytgaç, heç kim “Rosa çarçadim!” demaydi. Facte.ru plyajda dam olişning ijobiy jihatlari bilan örtoqlaşdi.

Alvido, zöriqiş
Oqar suvga tinimsiz tikilib ötiriş mumkin. Begona tovuşlar eng kam darajada bölgan joyda dam oliş iş davrida töplangan salbiy hislarni oqizib ketadi. Inson “huzur-halovat” holatiga tuşib qoladi. Miya esa juda köp miqdorda xursandçilik gormoni (seratonin)ga ega böladi.
Uyqu yaxşilanadi
Bir neça soatni plyajda ötkazganingizdan keyin tunda juda yaxşi uxlaş kafolatlanadi. Bu holat ham zöriqiş holatlaridan xalos böliş bilan boğliq. Odatda uyqusizlik hatto tunda ham işlaşdan töxtamaydigan miyaning faolligi tufayli kelib çiqadi. Plyajda dam oliş esa deyarli umuman harakat qilmaydigan ofis xodimlarida töplanadigan jismoniy çarçoq omilini olib taşlaydi.
D vitamini barçaga
Olimlar daryo qirğoğidagi odam taxminan 10 daqiqa içida D vitaminining sutkalik normasini olişini aytadilar. Şahar şaroitida oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminli komplekslar bilan örnini qoplaş mumkin. Biroq quyoş nuri ostida tabiiy vitaminga ega böliş uni taşqaridan sun'iy qoplaşga qaraganda ança «sifatli».

Immunitetning kuçayişi
Kutilmaganda kesib oliş natijasida hosil bölgan yara dengiz suvida qanday oğrişi yodingizdami? Albatta, bu toza plyaj va toza dengiz bölsa, bu kabi oğriq – yaraning tozalanişi va bitişi belgisi. Şör suv – tabiiy antibakterial va zamburuğlarga qarşi vosita. Şu bilan birga organizmda yod darajasi ham ortadi. Bu esa immunitetning oşişini kuçaytiradi. Dengiz havosi öpkani tinçlantiradi va hatto astma kasalligiga çalinganlar uçun ham çuqur nafas oliş imkonini beradi.










