«Taraqqiyot strategiyasi» markazida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bolalarni davlat maktablariga qabul qiliş va oliy ta'lim muassasalariga hujjat topşiriş tartibidagi yangiliklarga bağişlangan brifing taşkil etildi.
Ta'kidlanişiça, 2019/2020-öquv yili uçun bolalarni davlat umumiy örta ta'lim muassasalariga 1-sinfga qabul qiliş 2019 yil 15 iyundan boşlab Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Tasdiqlangan ma'muriy reglamentga asosan, reglament talablari quyidagi umumta'lim muassasalariga nisbatan qöllaniladi:
- boşlanğiç maktab;
- umumiy örta ta'lim maktabi;
- ayrim fanlar çuqur örganiladigan ixtisoslaştirilgan maktab (ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bundan mustasno).
– Joriy yil Toşkent şahrida 46806 nafar bola birinçi sinfga qabul qilişi rejalaştirilgan, – deydi Toşkent şahar Xalq ta'limi boş boşqarmasi bölim boşliği Bahrom Bakiyev. – Poytaxtda 287ta umumiy örta ta'lim maktab faoliyat yuritadi, bundan taşqari, maktab va yordamçi internatlarni ham qöşsak, ular soni 303taga yetadi. Tegişli qarorga muvofiq 81ta umumiy örta ta'lim maktabi eksperiment sifatida tanlab olingan. Şahar markazida joylaşganligi, ota-onalarning talabi yuqorilari, Toşkent viloyatiga yaqinroq hududdagi maktablarni ham tanlab oldik. Maktablarga qabul mikrohududlar (tuman hokimliklari) orqali amalga oşiriladi. Ya'ni mikrohududdagi bolalar soni hisobga olinadi.
Tanlab olingan maktablarga qabul asosiy va qöşimça kvota asosida taşkil etiladi
Maktablarga qabul kvotasi asosiy va qöşimça kvota turlariga ajratiladi.
Asosiy kvota — tuman (şahar) hokimliklari tomonidan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bölgan hamda yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar sonini inobatga olgan holda şakllantiriladi;
Qöşimça kvota — umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib çiqib, mikrohududdan taşqarida istiqomat qilayotgan maktab yoşidagi, mikrohudud va mikrohududdan taşqari maktab yoşiga yetmagan (tegişli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoşga töladigan), şuningdek, umumta'lim muassasalarida ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölmagan bolalar uçun ajratiladi.













