11 iyun kuni Istanbul şahridagi «Haydarpasa Numune Hastanesi» şifoxonasida 1994 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi Ozod Rajabboyev vafot etdi. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasiga tayanib Özbekiston TIV xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, u Istanbul şahrining Uskyudar tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasidan söng jarohatlanib kasalxonaga yotqizilgan bölgan.
Boş konsulxona tomonidan marhumning jasadini Özbekistonga yuboriş böyiça uning qarindoşlariga tegişli konsullik-huquqiy yordam körsatilmoqda. Şu bilan birga, mazkur YTH böyiça tergov işlarining borişi nazorat ostiga olingan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida joylaşgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasiga +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötadi.












