13 iyun kuni «Santyago Bernabeu»da Eden Azarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Belgiyalik futbolchini ko‘rish uchun stadionga 50 ming muxlis tashrif buyurdi, bundan ko‘p kishi faqat Ronaldu va Kaka transferi vaqtida kuzatilgandi - 2009 yilda portugaliyalik yulduz taqdimotiga 70 ming, braziliyalik taqdimotiga esa 55 ming kishi tashrif buyurgandi.
«Real» fanatlari yangi transferdan mamnun bo‘lishgani aniq - Azar klub ramzini o‘pdi va yoqimli so‘zlarni aytdi: «Men bolaligimda ukam bilan bog‘da o‘ynab yurgan vaqtimdayoq «Real» fanati bo‘lganman. Men hamisha shu klubda o‘ynash haqida orzu qilganman va qachondir bu yerga kelishimga shubha qilmaganman».
Azarning transferi «Qirollik klubi»ga 100 million yevroga tushgan. Tomonlar o‘rtasida 2024 yil yoziga qadar amalda bo‘luvchi 5 yillik shartnoma tuzilgan. Kelishuvda bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

Taqdimot davomida madridlik muxlislar «Mbappeni ham istaymiz!» deya hayqirishdi.
Qayd etish kerakki, mavsum yakunidagi taqdirlash marosimida «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe shu yozda klubini almashtirishi mumkinligiga ishora qilgandi. Ushbu 20 yoshli futbolchining parijliklar klubi bilan shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan. Uning transfer qiymati 200 million yevroga teng.
«Real» yarimhimoyachisi Eden Azar Madrid klubi futbolchisi sifatida ilk intervyusini berdi.

«Men hali bolaligimda ukam bilan bog‘da o‘ynab yurganimda «Real» fanati edim. Keyin Fransiyaga yo‘l oldim, keyin esa Angliyaga, ammo bu futbolkani kiygan futbolchi bo‘lish – men uchun katta sharaf, men yangi mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutaman.
Men hamisha «Real»ga o‘tishni orzu qilganman. Men nihoyat bu klub futbolchi bo‘lishimga shubha qilmaganman.
Men hamisha o‘yindan, o‘yinlarda g‘olib chiqishdan zavq olaman. «Real»da o‘ynar ekansan, tarixga kirish uchun ko‘plab sovrinlarga ega chiqishni istaysan.
Barcha biladiki, Zidan bolalikdagi kumirim. U endi «Real» murabbiyi, ammo bu qarorimning yagona sababi emas. Men u murabbiy bo‘lishidan avval ham bu klubga kelish haqida o‘ylaganman.















