Köproq natijaga erişişni istaydigan, lekin öziga işonmaydiganlarga bir neçta tavsiyalar.
Öziga nisbatan dadil bölgan kişilar beixtiyor ravişda tahsinlarga sazovor bölişadi. Nigohlarida har qanday vazifani qoyillatişga tayyorliklarini sezamiz. Aslida esa, ular şunçaki şaxsiy bahoni tuşirib yuboruvçi salbiy fikrlar va hissiyotlardan qoçiş ilmini puxta egallaşgan.
1. Soliştiriş
Bolalik çoğimizdan biz doimo boşqalar bilan bellaşib kelamiz. Biroq, har bir odam bilan qiyoslaşda ğalaba qozoniş ilojsiz. Buning örniga özimizning eng yaxşi natijamizni körsata olyapmizmi deb savol taşlagan ma'qul. Javob topiş uçun eng kuçli va ojiz tomonlarimizni tan olib fikrlaş kerak. Har yangi kunni keçagi özingizga nisbatan yaxşiroq natijaga erişişga sarflasangiz, şaxsiy rivojlaniş sizdan köp kuç va vaqtingizni oladi. Natijada boşqalar bilan işingiz ham bölmaydi.
2. Ötmişdagi omadsizliklar
Ötmişdagi muvaffaqiyatsizliklar alamiga bardoş berib, yangi çöqqilarni zabt etişga intiliş favqulodda jasurlik talab etadi. Ğalaba sari bor kuçingizni jamlang va omadsizliklar haqidagi öylar öz maqsadingizdan çalğitişiga yöl bermang.
3. Puxta tayyorlanmaslik
Har bir kun kelajakda biz erişişimiz mumkin bölgan ğalabalarga hozirlik köriş imkoniyatini beradi.
Ğoliblarday yaşaş uçun, ular kabi fikrlaş kerak. Bir marta bölsa ham çempion bölgan odam ğalaba qança mehnat evaziga kelganini yaxşi anglaydi.
Köproq mehnat qilişga tayyormisiz? Natijaga erişiş yölida duç keladigan qiyinçiliklarga bardoş berişga işonçingiz komilmi? Javobingiz ijobiy bölsa, bölajak ğalabalaringiz sari harakatni bugundan boşlang. Şaxsiy işonç egallangan zarur bilim va könikmalar ortidan keladi.
4. Qörquv
Tanbeh-u daşnomlardan hadiksiraş közlangan maqsaddan çalğituvçi eng katta qörquv hisoblanadi. Agar birovlar fikriga özimiz e'tibor qaratmasak, ular heç qanday ta'sir kuçiga ega emas. Sizning şaxsiy bahoyingiz har qanday vahima va qörquvdan muhimroq.
5. Salbiy fikr yuritiş
Atrofda minglab imkoniyatlar mavjudligini doimo yodda tuting. Sizni jarlikka yetaklayotgan va ruhiyatingizda umidsizlik tuyğusini uyğotayotgan xayollarni miyangizdan çiqarib taşlang. Nafaqat hozirgi kayfiyatingiz, qolaversa kelajagingizga aloqador bölgan konstruktiv fikrlaşni örganing.












