Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti Mexatronika markazi robototexnikaga qiziquvçi maktab öquvçilarini joriy yilning 17 iyunidan boşlanadigan bepul Summer Camp öquv kursiga taklif etadi. Bu haqda öquv kursi taşkilotçilari Kun.uz'ga ma'lum qilişdi.
Ta'kidlanişiça, maşğulotlarga 14 yoşdan oşgan hamda fizika va matematika böyiça yaxşi bilimga ega bölgan maktab öquvçilari tanlov asosida qabul qilinadi.

«Robototexnika kursi universitet mexatronika markazida olib boriladi va öquvçilarga dasturlaş va modellaştiriş böyiça mutaxassislar tomonidan darslar ötiladi», —  deyiladi axborotda.

Robototexnika kursida iştirok etişni istagan öquvçilar 15 iyunga qadar Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti mexatronika markaziga kelib röyxatdan ötişlari kerak.