Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi internet tarmoğida tarqalgan, maktabga tölov kategoriyalar asosida amalga oşirilişi haqidagi ma'lumot haqiqatga töğri emasligini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentiga köra, 81ta umumta'lim muassasalariga bolalar asosiy va qöşimça kvota asosida qabul qilinadi.

Tuman (şahar) hokimliklari tomonidan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning (tegişli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoşga töladigan) farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bölgan hamda yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar sonini inobatga olgan holda asosiy kvota şakllantiriladi.

Umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib çiqib, mikrohududdan taşqarida istiqomat qilayotgan maktab yoşidagi, mikrohudud va mikrohududdan taşqari maktab yoşiga yetmagan (tegişli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoşga töladigan), şuningdek, umumta'lim muassasalarida ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölmagan bolalar uçun qöşimça kvota ajratiladi.

Qöşimça kvota böyiça umumta'lim muassasalariga qabul qiliş uçun bir bolaga nisbatan quyida nazarda tutilgan holatlarning har bir bandi böyiça ota-onalarning ixtiyoriy roziligi asosida eng kam oylik iş haqining ön baravaridan kam bölmagan miqdorda bir martalik yiğimlar undiriladi:

a) mikrohududdan taşqarida istiqomat qilayotgan maktab yoşidagi bolalar;

b) mikrohudud va mikrohududdan taşqari maktab yoşiga yetmagan, ya'ni tegişli yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar 7 yoşga tölmaydigan bolalar;

v) umumta'lim muassasalarida (mikrohudud va mikrohududdan taşqari) ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölmagan bolalar uçun.

Ta'kidlanişiça, qöşimça kvota böyiça qabul tölov miqdorini Kuzatuv kengaşlari belgilaydi. Mazkur mablağlar maktabdagi şaroitlarni yaxşilaş hamda ta'lim muassasasining rivojlanişiga hissa qöşgan maktab öqituvçilari va direktorini rağbatlantiriş uçun yönaltiriladi.