2019 yilning beş oyida turli lavozimlardagi 417 mansabdor şaxsga 420ta jinoiy iş qözğatilgan. 206ta jinoyat işi böyiça 284 mansabdor şaxs javobgarlikka tortilgan. Qolganlari böyiça tergov harakatlari davom etmoqda. Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida taşkil etilgan matbuot anjumanida şunday bayonot berdi. 

Kun.uz muxbirining Erkin Yöldoşevga tayangan holda ma'lum qilişiça, jinoyati foş qilingan mansabdor şaxslarning 5 nafari respublika, 17 nafari viloyat va 262 mulozim tuman-şahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va taşkilotlarda işlab kelgan. Uşbu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 35 mlrd 652 mln 726 ming söm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan, tergov jarayonida uşbu zararning 25 mlrd 160 mln 870 ming sömi yoki 70,5 foizi undirilgan. 

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 150 nafari özganing mulkini özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, 35 nafari soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan qasddan böyin tovlaş, 21 nafari pora oliş, 19 nafari firibgarlik, 11 nafari pora beriş, 7 nafari mansabni suiiste'mol qiliş, 4 nafari mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş, 3 nafari mansabga sovuqqonlik, 1 nafari mansab soxtakorligi va 33 nafari boşqa jinoyatlari uçun javobgar bölgan.

2018 yilda içki işlar, soğliqni saqlaş hamda Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi mansabdor şaxslari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, 2019 yilda uşbu vazirliklarga 3 ta taqdimnoma kiritilgan.

Bundan taşqari, Erkin Yöldoşevning bildirişiça, prokuratura tizimida ham nopok xodimlardan tozalaş işlariga e'tibor qaratilmoqda. Xususan, 2018 yilda prokuraturaning 61 nafar xodimi tamagirlik tufayli işdan olingan.

Şundan 9 nafari prokuror, 3 nafari departament, 49 nafari esa MIB xodimlaridir.