Özbekiston futbol assotsiatsiyasida ikki nafar vitse-prezident almaşdi.
Bugun bölib ötgan navbatdan taşqari yiğilişda Umid Ahmadjonov va Pölat Bobojonov iste'fosi tasdiqlandi.
Tribuna.uz muxbiri xabar berişiça, Ahmadjonov örniga Ravşan Ermatov birinçi vitse-prezident etib saylangan bölsa, IIV rahbari Bobojonovning örnini uning örinbosari Muhiddin Jörayev egalladi.

Polkovnik Muhiddin Jörayev dekabr oyida Sirdaryo viloyati IIB boşliği lavozimidan ozod etilib, Içki işlar vazirining Jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari etib tayinlangan edi.
Ma'lum bölişiça, şu yilning 15 iyul kuni Özbekiston futbol assotsiatsiyasida muddatidan oldin hisobot-saylovi bölib ötadi. Unda taşkilot prezidenti Oçilboy Ramatov örniga boşqa rahbar saylanişi mumkin.
Şuningdek, bugungi yiğilişda ÖFA boş kotibi Sardor Rahmatullayev ham lavozimini tark etdi va uning örniga Avaz Maxsumov boş kotib sifatida iş boşlaydigan böldi.








