Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi raisi Ahmadjon Rahimov öz lavozimini tark etdi, deb xabar beradi Kun.uz manbasi.
Rahimov 2018 yilning 4 oktabr kunidan beri taşkilot rahbari sifatida işlab kelayotgan edi. Şu davr içida taekvondoçi ösmirlarimiz tomonidan Olimpiya öyinlarida 1ta kumuş medal qölga kiritildi. May oyida ötkazilgan kattalar örtasidagi jahon çempionatida esa muvaffaqiyatsiz iştirok etildi. Taekvondoçilarimiz musobaqada birorta medalni qölga kirita olmadilar. Natijada, Özbekiston taekvondoçilari Olimpiya reytingida sezilarli ravişda pastga tuşib ketişdi.
Kun.uz manbasi xabariga köra, Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi rahbari lavozimiga Şerzod Toşmatov tayinlanadi. U köp yillar davomida Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari sifatida işlagan va 2019 yil fevral oyida lavozimini tark etgandi.








