Bugun, 17 iyun kuni Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasida taşkilotning navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi.
Unda Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Rustam Şoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Oybek Kasimov, şuningdek, sport jamoatçiligining qator vakillari iştirok etişdi.

Taekvondo WTF assotsiatsiyasi yangi rahbar saylaş konferensiya kun tartibiga qöyilgan eng asosiy masala böldi.
Bunga qadar uşbu taşkilot raisi sifatida işlab kelgan Ahmadjon Rahimov 14 iyunda mazkur lavozimi va Milliy olimpiya qömitasi vitse-prezidenti mansabidan iste'foga çiqqan edi.
«Uning örniga assotsiatsiya rahbarligiga Şerzod Toşmatov nomzodi taklif etildi. Konferensiya iştirokçilari uşbu nomzodni bir ovozdan ma'qullaşdi va Şerzod Toşmatov Özbekiston taekvondo assotsiatsiyaning yangi raisi deb e'lon qilindi», – deyiladi MOQ xabarida.

Ma'lumot uçun, Şerzod Rixsibayeviç Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari sifatida sport jamoatçiligiga yaxşi taniş. Uning rahbarligida özbekistonlik boksçilar Rio Olimpiadasi va 2 yil muqaddam Toşkentda ötgan Osiyo çempionatida yuqori natijalar qayd etib, har ikki musobaqada ham umumjamoa hisobida birinçi örinni egallagan edi.
Toşmatov 2019 yil fevral oyida Özbekiston boks federatsiya birinçi vitse-prezidenti lavozimidan ketgan edi.

Qayd etiş joiz, taekvondo WTF assotsiatsiyasining sobiq rahbari Ahmadjon Rahimov 2018 yilning 4 oktyabridan beri taşkilotni boşqarib kelayotgan edi. Şu davr içida özbekistonlik taekvondoçi ösmirlar tomonidan Olimpiya öyinlarida 1ta kumuş medal qölga kiritildi. May oyida ötkazilgan kattalar örtasidagi jahon çempionatida esa muvaffaqiyatsiz iştirok etildi: unda Özbekiston vakillari birorta ham medal jamğara olmadi. Natijada Özbekiston taekvondoçilari Olimpiya reytingida sezilarli ravişda pastga tuşib ketişdi.








