Serxio Ramos ispaniyalik telejurnalist Pilar Rubioga uylandi. Ularning töyi 15 iyun kuni Sevilyada bölib ötdi.

Nikoh marosimi bir qator taniqli şaxslar, jumladan, Serxio Buskets, Roberto Karlos, Jordi Alba, Florentino Peres, Luka Modriç, Devid Bekhem, Alvaro Morata, Santi Kasorla va boşqalar iştirokida ötdi.

Marca`ning yozişiça, kelin-kuyov töyga 500ga yaqin mehmon kelişini kutgan. Biroq taklifnoma olganlardan Zinedin Zidan, Garet Beyl, Jyerar Pike, Karim Benzema, Iker Kasilyas, Mariano Dias, Tibo Kurtua, Vinisius va Isko kabilar turli sabablarga köra töyga kelmaslikni ma'qul körişgan.

AS ma'lumotiga köra, taklif etilganlar röyxatida Kriştianu Ronaldu yöq edi. Naşrga ma'lum bölişiça, portugaliyalik yulduz «Yuventus»ga ötib ketganidan söng uning Ramos bilan döstona aloqalari deyarli uzilib qolgan.

Ma'lumot uçun, Serxio Pilar bilan 2012 yildan buyon yaşab keladi. Ularning Serxio, Marko va Alexandro ismli uç nafar öğli bor.