Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov feysbukdagi sahifasida maktablarda birinçi sinfga qabulning yangi tizimi joriy etilişi munosabati bilan yana bir post qoldirdi.

Uning sözlariga köra, Toşkentda öz hududidagi maktablarda joy qolmagani uçun boşqa maktablarda öqişga majbur bölgan bolalar soni 28 mingdan ortiqni taşkil qilmoqda.

«Toşkentdagi 81ta talabgir maktablarning mikrohududida yaşaydigan, lekin özining maktabiga kira olmay boşqa maktablarda öqişga majbur bölib kelayotgan öquvçilarning soni hozirgi kunda 28 mingdan ortiq ekan!

Ularning uşbu maktablarga kira olmagani sababi şu vaqtgaça bu maktablarga asosan boşqa mikrohududlardan taniş-biliş orqali bolalar qabul qilinib, ularga joy yetmay qolganidir...

Yangi tizim aynan şunday bolalarga qulaylik yaratadi, özining mikrohududidagi maktabga taniş-bilişsiz, bepul kira oladi (avval buning imkoni yöq edi!). Biror bola mikrohududdan qamrab olinmasdan qolişi mumkin emas.

Avval şu maktablar mikrohududi töliq qamrab olinadi, undan keyin agar joy qolsagina qöşimça kvota böyiça oliş mumkin böladi», deya yozgan vazir.

Şerzod Şermatov – maktabga pulli qabul böyiça yangi tartib va korrupsiya haqida

Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori asosida 2019/2020 yilgi öquv yilida Toşkentdagi 81ta maktabga qabul Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladi. Kelgusida bunday tartib butun respublika böyiça tatbiq etilişi rejalaştirilgan.

Bu tartibga köra, maktablarga qabul kvotasi asosiy va qöşimça kvota turlariga ajratiladi — asosiy kvota va pulli kvota.