Polşada 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionati yakunlandi.
Finalda Ukraina va Janubiy Koreya ösmirlari töqnaş keldi. Bahsda yevropaliklarning qöli 3:1 hisobida baland keldi. Natijada Ukraina ösmirlari öz tarixida ilk marotaba jahon çempioni bölişdi.
14 iyun kuni uçinçi örin uçun bahs ötkazildi. Unda Ekvador ösmirlar jamoasi Italiyani qöşimça vaqtda urilgan yagona gol evaziga mağlub etgan edi.
JÇ-U20, Polşa
14 iyun
Uçinçi örin uçun bahs
Ekvador U20 – Italiya U20 1:0 (q.v.)
Gol: Mina (104)
Final
15 iyun
Ukraina U20 – Janubiy Koreya U20 3:1
Gollar: Supriyaga (34, 53), Tsitaişvili (89) – Li Kangin (5 pen)









