Bugun, 17 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Boş prokurori örinbosari Erkin Yöldoşev va boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova iştirokida jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev Andijon şahrida bir neça ayol bepul kottej olgani töğrisida intervyu berişga majburlangani haqida OAVda e'lon qilingan xabarlardagi vajlar örganib çiqilganini yana bir bor ta'kidladi va bu iş oxirigaça örganilişini hamda huquqiy baho berilişini bildirdi.

«Ammo bir narsani ta'kidlaşim kerak – bu holatda jinoyat yöq», dedi Yöldoşev sözini tugatarkan.

Bundan avvalroq Boş prokuratura «Andijonça spektakl» taşkillaştirgan mas'ullarni intizomiy javobgarlikka tortişni talab qilib, taqdimnoma kiritgani xabar qilingandi.