Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy vafot etdi

Foto: EPA
Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy 67 yoshida vafot etdi.
2011 yilgi inqilobdan keyin hokimiyat tepasiga kelgan siyosatchi 2013 yilda hokimiyatdan chetlatilgandi.
Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan siyosatchi navbatdagi sud yig‘ilishi vaqtida olamdan o‘tgan.
Reuters xabariga ko‘ra, Mursiy o‘zi asosiy ayblanuvchi bo‘lgan josuslik ishi ko‘rilgan Qohiradagi sudda vafot etgan. Sud majlisidan keyin u hushini yo‘qotgan va jon bergan.
Mursiy Falastindagi HAMAS va Livandagi «Hizbulloh» tashkilotlari bilan ham aloqadorlikda ayblangan.
Muhammad Mursiy 2012 yili Misr tarixidagi ilk demokratik yo‘l bilan saylangan prezidentga aylangan edi. U «arab bahori» voqealaridan keyin sobiq prezident Husni Muborak ag‘darilgach o‘tkazilgan demokratik saylovlarda g‘olib bo‘lgandi - u «Musulmon birodarlar» harakati ko‘magi bilan hokimiyat tepasiga kelgan edi. Oradan bir yil o‘tib, Mursiy harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyatdan chetlatilgan - 2013 yil iyulida Abdul Fattoh as-Sisiy hukumat tepasiga kelgan va «Musulmon birodarlar»ni terrorchi tashkilot deb e'lon qilgan.
2015 yil aprelida Mursiy prezidentligi vaqtida namoyishchilarni hibsga olish va qiynoqqa solishga buyruq berishda ayblangan, keyinroq 2011 yilgi qamoqdan qochish va undan keyingi ommaviy tartibsizliklar uchun aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Keyinroq hukm o‘zgartirilgan — Mursiy umrbod ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Misrdagi nashrlar ma'lumotiga ko‘ra, Mursiy infarktdan vafot etgan. Uning sog‘ligidagi muammolar haqida avval ma'lum qilinmagandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh davlat kotibi Pokistonga Hindiston bilan muzokaralarda yordam taklif qildi
Jahon | 08:58
-
Ukrainada 10 may kuni «xohlovchilar koalitsiyasi» uchrashuvlari o‘tkaziladi
Jahon | 08:47
-
O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekiston | 08:12
-
Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari 10 may kuni Kiyevga keladi
Jahon | 08:10
Mavzuga oid

02:18
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi

12:44 / 08.05.2025
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi

14:05 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda

12:58 / 03.05.2025