Avtomobillarga yoqilg‘i sotuvchi barcha tadbirkorlar QQS to‘lovchisiga aylanishi mumkin

O‘zbekiston Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
Loyihada ta'kidlanishicha, iqtisodiyotning ayrim sektorlarida tadbirkorlik sub'yektlariga sezilarli miqdorda imtiyoz va preferensiyalar berilganini hisobga olgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning amaldagi tartibidagi mavjud bo‘lgan nomutanosibliklar barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun teng sharoitlarni ta'minlashda qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘laqonli zanjirini yaratish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini bermaydi.
Loyihaga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste'molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat'i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.
Bundan tashqari, tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qat'i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari bo‘lishi kutilmoqda. Bunda, tovarlarni birinchi marta import qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlari import shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida hisobda turishi shartligi belgilanmoqda.
Yagona yer solig‘i to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi mumkin.
Kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi yuz million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.
Quyidagilar 2019 yil 1 oktyabrdan bekor qilinishi taklif etilmoqda:
a) quyidagilarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan import qilinganda:
asbest, ko‘mir, yog‘och materiallari, yog‘och va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xomashyosi;
soya danagi, kungaboqar va kunjut urug‘lari, moyli xomashyo va shakar xomashyosi;
qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar;
b) yuridik shaxslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablag‘laridan foiz ko‘rinishida olingan to‘lov manbaini foyda solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarga salomatlik sertifikati beriladi
O‘zbekiston | 13:01
-
Rossiyada hibsga olingan general Popov Ukrainadagi urushga yuborilmaydi
Jahon | 12:56
-
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi
O‘zbekiston | 12:27
-
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti
Jahon | 11:56
Mavzuga oid

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:56 / 18.03.2025
QQS summasi o‘rnini qoplash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

20:38 / 31.01.2025
Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga QQS to‘lovining 50 foizi qaytariladi

19:13 / 30.01.2025