Visual Capitalist infografikasida 2024-yilda dunyo mamlakatlarida mineral yoqilği işlab çiqariş hajmi tonna hisobida taqqoslangan. Ma’lumotlar Avstriya Moliya vazirligiga tegişli.

Reytingda energetik toşkömir, kokslanadigan kömir, qönğir kömir, neft, yonuvçan slanetslar, tabiiy gaz va uran işlab çiqariş hajmi hisobga olingan.

Biroq reytingda muhim jihat bor: davlatlar işlab çiqargan yoqilğining qiymati yoki uning energetik samaradorligi emas, balki fizik massasi - tonnadagi hajmi taqqoslangan.

Şu sabab kömir kabi katta hajmda qazib olinadigan yoqilği turlari umumiy reytingga juda katta ta’sir körsatadi. Natijada ayrim yirik kömir qazib oluvçi mamlakatlar neft va gaz işlab çiqariş böyiça jahon yetakçilari bölgan davlatlardan ham yuqori örinlarni egallagan.

Xitoy - 4,8 mlrd tonna

2024-yilda Xitoy 4,8 mlrd tonna mineral yoqilği işlab çiqargan. Bu jahon böyiça umumiy hajmning 28,6 foiziga teng.

Xitoyda işlab çiqariladigan mineral yoqilğining asosiy qismini kömir taşkil etadi. Kömir qazib olişning ulkan hajmi mamlakatning reytingda katta farq bilan birinçi örinni egallaşiga xizmat qilgan.

Şu tariqa, dunyoda qazib olingan har 10 tonna mineral yoqilğining qariyb 3 tonnasi Xitoy hissasiga töğri kelgan.

AQŞ - 2,28 mlrd tonna

Ikkinçi örinni 2,28 mlrd tonna yoki jahon işlab çiqarişining 13,5 foizi bilan AQŞ egallagan.

Xitoy tonna hisobida AQŞga nisbatan ikki barobardan ziyod mineral yoqilği işlab çiqargan. Biroq ikki mamlakatda işlab çiqariş tarkibi sezilarli darajada farq qiladi.

Xitoyda kömir ustunlik qilsa, AQŞda mineral yoqilği işlab çiqarişning asosiy qismini neft va tabiiy gaz taşkil etadi.

Rossiya - 1,46 mlrd tonna

Uçinçi örinda Rossiya qayd etilgan. Mamlakat 2024-yilda 1,46 mlrd tonna mineral yoqilği işlab çiqargan va uning jahon bozoridagi uluşi 8,7 foizni taşkil etgan.

Rossiyadagi işlab çiqariş tarkibi Xitoydan köra AQŞga yaqinroq bölib, asosiy uluş neft va tabiiy gaz hissasiga töğri keladi.