Özbekiston Prezidentining 2019/2020 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisidagi qarori tasdiqlandi.

Qaror bilan 2019/2020 öquv yili uçun Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab, harbiy qism qömondonligining tavsiyanomalariga ega bölganlar uçun bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va keçki ta'lim şaklining har biri böyiça alohida beş foizli qabul körsatkiçlari tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab, harbiy qism qömondonligi tavsiyanomalariga ega bölganlar uçun bakalavriatning kunduzgi (4008ta örin), sirtqi (908ta örin) va keçki (99ta örin) ta'lim şaklining har biri böyiça alohida beş foizli qabul körsatkiçlari tasdiqlangan.

Joriy yilning aprelida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining şunga oid qaror loyihasi joylaştirilgandi.

Qaror loyihasiga köra, Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötagan va harbiy qism qömondonligining tavsiyanomasiga ega bölgan abituriyentlar uçun respublika OTMlarning bakalavriatiga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida alohida qabul kvotalari ajratilişi közda tutilgandi.