UYeFA sobiq prezidenti Mişel Platini Fransiya politsiyasi tomonidan hisbga olinmadi.

CNN xabariga köra, 63 yoşli mulozim JÇ-2022 mezbonini saylaş jarayonidagi korrupsiya işi böyiça söroq qiliniş uçun politsiya mahkamasiga olib ketildi. Bunda Platiniga heç qanday ayblov qöyilmadi va u söroqdan söng qöyib yuborildi.

Eslatib ötamiz, Platini 2007-2015 yillar davomida UYeFA prezidenti bölib işlagan. 2015 yilda u FIFA intizom qömitasi tomonidan 8 yilga futboldan çetlatilgan edi. 2016 yilda bu muddat 4 yilga qisqartirildi.

Ma'lumot uçun, 2010 yilning dekabrida FIFA ijroiya qömitasi yiğilişi qaroriga köra 2022 yilgi jahon çempionati mezbonligini Qatar qölga kiritgan. Öşa vaqtdayoq ingliz matbuotida uşbu jarayonda korrupsiyaga yöl qöyilgani ehtimoli böyiça tekşiruvlar çiqa boşlagandi. Xabarlarda ovoz beriş huquqiga ega bölgan ayrim amaldorlar Qatar vakillaridan 5 million dollar miqdorida pora olingani aytilgandi.

FIFA mustaqil komissiyaga uşbu işni tekşirişni topşirgandi. 2014 yilda bu işda korrupsion kelişuvni isbotlovçi dalillar topilmagani e'lon qilingandi.