Qaşqadaryo viloyatining Qarshi şahrida multibrend avtosaloni hamda «QARSHI AUTOCENTRE» MÇJ avtoservisining quriliş işlari boşlandi. Uşbu avtosalonning qurilişi kompaniyaning xizmat doirasini kengaytiriş va mijozlarga qulaylik va xizmat körsatiş dasturlari doirasida amalga oşirilmoqda. Mazkur avtosalon faoliyati mahalliy aholi vakillari bölgan qariyb 100 kişini iş bilan ta'minlaş imkonini beradi.

Yangi multibrend avtosalonning quriliş işlari 2019 yilning törtinçi çoragida yakunlanib topşirilişi rejalaştirilgan. Yangi avtosalon yengil avtomobillar bilan savdo qiliş, yuk tijorat texnikalarini va ehtiyot qismlarni sotiş, şuningdek Özavtosanoat tarkibiga kiradigan kompaniyalar tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlarga avtoservis xizmatlarini amalga oşirişga, sotuvdan oldingi va davriy texnik hamda kafolatli xizmat körsatişga möljallangan.

Multibrend avtosalonining 2200 kv.m körgazma maydonida doimiy ravişda «GM Uzbekistan», «SamAvto», «JV MAN Auto – Uzbekistan» va «UzAuto Trailer» milliy korxonalarining Chevrolet, MAN, Isuzu va Kamaz brendlari taqdim etiladi.

Bundan taşqari, avtosalonda avtosuğurta, avtomobil raqamini röyxatga oliş kabi xizmatlar körsatiladi.

800 kv.m. maydonli servis markazi zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlanadi hamda unda maxsus tayyorgarlikdan ötgan yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. «QARSHI AUTOCENTRE» MÇJ servis stansiyasida «Özavtosanoat»ning barça brendlariga kafolatli xizmat körsatiladi.

Bugungi kunda Qaşqadaryo viloyatida bitta rasmiy dilerlik korxonasi faoliyat yuritadi.

Eslatib ötamiz, Özbekistondagi ilk multibrend avtosalon 2018 yilning 20 dekabr kuni Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida işga tuşirilgandi.