AQŞ immigratsiya va bojxona politsiyasi keyingi haftadan millionlab noqonuniy migrantlarni deportatsiya qila boşlaydi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda ma'lum qildi.

“Keyingi haftadan AQŞ immigratsiya va bojxona politsiyasi AQŞga noqonuniy kelgan millionlab noqonuniy migrantlarni deportatsiya qiliş jarayonini boşlaydi. Ular qanday kelgan bölsalar, şunday tez çiqarilib yuboriladilar”, deb yozgan Tramp. 

AQŞ prezidenti Gvatemalaning uçinçi davlatlar fuqarolariga boşpana beriş haqidagi kelişuvni imzolaşga tayyorligini ma'lum qilgan. Bu kelişuv migrantlar tomonidan ular kirgan birinçi davlatda boşpana olinişini közda tutadi.

Oq uy egasi, şuningdek, Meksika tomonidan immigratsiya qonunlari qat'iylaştirilganini qutlagan. Vaşington 7 iyunda tuzgan kelişuvga köra, Meksika AQŞga noqonuniy migratsiyaning oldini oliş uçun çoralar köradi. Buning uçun Meksika janubiy çegarasida milliy gvardiya bölinmalarini joylaştiradi hamda odam savdosi bilan şuğullanuvçi taşkilotlarga qarşi kuraşadi.

Bundan taşqari, Tramp demokratlarni migratsiyani nazorat qiliş masalasida harakatsizlikda ayblagan. U navbatdagi marta demokratlarni mamlakatning immigratsiya islohotlariga ovoz berişga çaqirgan. “Agar bu yuz bersa, çegara inqirozi tugaydi!”, deb ta'kidlab ötgan AQŞ yetakçisi.