2018 yilda butun dunyo böyiça qoçoqlar soni 70,8 mln kişiga yetdi, deyiladi BMTning qoçoqlar işi böyiça oliy komissari boşqarmasi hisobotida. 2017 yilda BMT qoçoqlar soni 68,5 mln kişi ekanligini ma'lum qilgandi.
70,8 mln qoçoq va yaşaş joyini tark etganlar — rekord körsatkiç, deb izohlaydi BMT. Bu raqam 20 yil avvalgi körsatkiçdan ikki baravar köpdir. BMTning qoçoqlar işi böyiça oliy komissari Filippo Grandining aytişiça, bu raqamlar qoçoqlarning aniq sonini ifodalamaydi.
Masalan, taşkilot Venesuelaning boşpana beriş uçun rasman murojaat qilgan fuqarolarinigina – yarim million kişini röyxatga olgan, aslida iqtisodiy inqirozdan qutuliş uçun mamlakatdan çiqib ketayotganlar soni ança köp. BMTning hisob-kitobiga köra, 2016 yildan buyon Venesuelani 3,3 mlnga yaqin kişi tark etgan.
Umuman olganda, butun dunyodagi qoçoqlarning uçdan ikki qismini (67%) beş davlat fuqarolari taşkil etadi: Suriya (6,7 mln), Afğoniston (2,7 mln), Janubiy Sudan (2,3 mln), Myanma (1,1 mln) va Somali (0,9 mln).
Taşkilotning bildirişiça, 2019 yilda uruşlar va ta'qiblar sababli 13,6 mln kişi yaşaş joylarini tark etişga majbur böldi.









