18-19 iyun kunlari Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 21-sonli maktabgaça ta'lim muassasasining 23 nafar tarbiyalanuvçisi, 1 nafar tarbiyaçisi hamda 1 nafar hamşirasi tana haroratining kötarilişi, köngil aynişi, qayt qiliş, iç ketişi, qorin sohasida oğriq kabi kasallik belgilari bilan Boyovut tuman tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimiga «ötkir içak kasalligi, ovqat toksikoinfeksiyasi» taşxisiga gumon qilinib yotqizilgan.

«Dastlabki epidemiologik surişturuvlar jarayonida mazkur muassasa içimlik suvi bilan ta'minlanmagani, 17 iyun kuni toza içimlik suvi taşib keltirilmagani natijasida boğçaning sanitariya-gigiyena qoidalari holati qoniqarsizligi, şuningdek, bolalar qaynatilmagan suv içgani hamda boğça hududidagi mavjud örikzordan örik mevasini yaxşi yuvmasdan yegani oqibatida kasallik kelib çiqqani taxmin qilinmoqda. Örganiş va laboratoriya  tekşiriş işlari davom etmoqda.

Bemorlarning ahvoli örta va yengil oğirlikda, şifoxonada dori- darmonlar yetarli miqdorda, ularga kerakli  barça tibbiy yordam körsatilmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti, Virusologiya ilmiy tekşiriş insitituti hamda Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining bir guruh tajribali mutaxassislari mazkur holatni joyiga çiqib örganiş, amalga oşirilayotgan davolaş, profilaktika va epidemiyaga qarşi çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş, mahalliy şifokorlarga amaliy yordam körsatiş uçun safarbar etildi.

Vaziyat Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan  nazoratga olingan», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.