Bugun, 19 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.

Tadbir davomida vazirdan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-qarorida Toşkentdagi 81ta maktabda 1-sinfga qabul uçun tajriba sifatida pulli qabulni közda tutuvçi yangi tizim joriy qilingani holda vazir tomonidan bu yilgi qabulda yiğim undirilmasligi haqidagi bayonot berilganiga izoh söraldi.

«Vazirlar Mahkamasining qarori şu yangilikni joriy etiş töğrisidagi qaror. Yangilik 81ta maktabda pilot tariqasida joriy etilmoqda.

Hamişa biror yangilikni joriy etişda hamişa ijro mexanizmlari töliq işlab çiqarilişi kerak va bu bosqiçma-bosqiç qilinadi.

Bu qarorning asosiy maqsadi aytilayotganidek pul işlaş emas. Hozir birinçi navbatda mikrohududdagi bolalar qamrab olişga e'tibor qaratmoqdamiz. Avval ularni joylaştirib olamiz. Keyin juda zarur bölsa öşa mikrohududdagi 6 yoşli bolalar qabul qilinadi.

Heç kim bizga qabulni pulli qilinglar, degani yöq. Bu işlar örganiş jarayonida ketmoqda. Bizning vazirlikka bu tizimga özgartirişlar kiritiş, röyxatga yangi maktablarni qöşiş yoki kamaytiriş böyiça, umuman bu tizimni özgartiriş uçun vakolatlar berilgan. Şuning uçun, vazirlik sifatida biz yana özgarişlar qilişimiz va kerakli mexanizmlarni joriy qilişimiz mumkin», degan vazir.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-qaroriga muvofiq Toşkentdagi 81ta maktabda 1-sinfga qabul uçun  tajriba sifatida yangi tizim joriy qilinmoqda. Unga köra boşqa mikrohududdagi maktablarning 1-sinfiga hujjat topşirganlar va maktab yoşiga yetmagan bolalar qöşimça kvota asosida qabul qilinişi, buning uçun eng kam iş haqining 10 barobaridan kam bölmagan miqdorda bir martalik yiğim undirilişi belgilangan.

Bu tartib ijtimoiy tarmoqda köpçilikning noroziliklariga sabab bölib kelmoqda.

18 iyun kuni Şerzod Şermatov feysbukdagi sahifasida joriy yilda 1-sinfga qabul pulli bölmasligi haqida post qoldirgandi.