Isroilning Rafael kompaniyasi turli xil obektlar orasida belgilangan nişonni topişga imkon beruvçi sun'iy ong bilan jihozlangan Spice 250 aviabombasini ixtiro qilgani va muvaffaqiyatli sinovdan ötkazganini ma'lum qildi.
N+1 ma'lumotlariga köra, hozirda boşqariluvçi bombalar turli nişonga oliş tizimlari bilan jihozlanmoqda, biroq nişon atrofdagi obektlarga öxşaş bölsa, bomba boşqa joyda portlaşi mumkin. Spice 250 bombasining öziga xos xususiyati şundaki, unga örnatilgan sun'iy ong belgilangan nişonni uç ölçovli modellar ma'lumotlar bazasi va örgatilgan neyrotarmoqlar yordamida ajrata olişi mumkin. Kelajakda kompaniya bomba asosiy nişonni aniqlay olmasa, ikkinçi darajali nişonni avtomatik tanlaş imkoniyatini tatbiq qilişni rejalaştirmoqda.
Isroilning yangi bombasi jangovar qismi oğirligi 75 kgni taşkil qiladi. Uçiş uçun yiğiluvçi qanoti bombaga taşlangan joyidan 100 km uzoqlikdagi nişonlarni yöq qilişga imkon beradi. Bundan taşqari, Spice 250 nişonni urişni bekor qiliş tizimi bilan jihozlangan va içki örnatilgan kameradan tasvir nişon yöq qilingunga qadar qabul qilgiçga uzatiladi. Bomba haqidagi boşqa tafsilotlar oşkor qilinmagan.












