Dunyoning eng yirik aviakompaniyasi American Airlines Atlantika orqali uçib öta oladigan tor fyuzelyajli Airbus A321 XLR yölovçi samolyotidan 50 dona sotib olişini ma'lum qildi. 

Dastlab aviakompaniya Airbus’ning boşqa modellaridanֹ sotib olişi közda tutilgan. Biroq joriy bitim şartlariga köra, American ular örniga 30 ta va yana qöşimça 20 ta XLR’dan sotib oladi.

Uşbu kelişuvga Airbus’ning asosiy raqobatçisi – Boeinğda ikkita aviahalokatdan keyin eng yangi 737 Max samolyoti bilan muammolar yuzaga kelgani ortida erişilgan. Şu bilan birga A321 XLR layneri 737 Max bilan töğridan-töğri raqobat qilmaydi va Boeing XLR’ning raqobatçisini yaratiş haqida bir qarorga kelmagan. 

XLR’ning boş afzalligi transatlantik parvozlarni amalga oşirişi hisoblanib, unda tor fyuzelyajli samolyotlar ajralib turadigan jihatlar – yönalişlarni oson özgartiriş mumkinligi va yonilğini tejamli sarflaş saqlab qolingan. Samolyotning uçiş uzoqligi 8,7 ming kmni taşkil qiladi. Samolyot turli konfiguratsiyalarda 230 dan 270 nafargaça yölovçi taşiy oladi.