Malaysia Airlines aviakompaniyasining 2014 yil martida ğoyib bölgan Boeing 777 samolyotining halokati ekipaj sardori Zahari Ahmad Şoh tomonidan uyuştirilgan. Bu haqda The Atlantic naşrida çop etilgan maqolada aytilgan.

Naşr versiyasiga köra, MH370 reysi sardori ikkinçi uçuvçi  – özining 27 yoşli şerigini kabinaga qöymay, bortida 238 kişi bölgan samolyotni atayin qulatgan.

57 yoşli Şoh samolyotni yöq qilişdan oldin uni yönalişidan oğdirib, 12 ming metr balandlikda salonning germetikligini buzgan. Buning oqibatida yölovçilar samolyot qulagani  taxmin qilinayotgan joy – Hind okeaniga ğarq bölişidan oldin böğilib bölganlar. 

Maqola muallifining ta'kidlaşiça, Ahmad Şoh halokatni puxtalik bilan rejalaştirgan. U öşa vaqtda yomon ruhiy holatda va tuşkunlikda bölgan. Uning öz rafiqasi bilan munosabatlari tarang holda bölgan, işida styuardessalar bilan don olişib yurgan. Uning ilojsizligi fojiaga olib kelgani bölişi mumkin.

“Bu men tanigan odam bilan yuz berganiga köniş qiyin. Biroq bu haqiqatdir”, deb aytgan Şohning oşnasi.

Kuala-Lumpurdan Pekinga reysni amalga oşirgan samolyot 2014 yil 8 martga ötar keçasi radarlar ekranidan yöqolib qolgandi. Samolyot bölaklari va qulagan joyi hanuzgaça topilmagan.