Ravşan Ermatov ÖFA vitse-prezidenti etib saylangani yaxşi yangilik böldi. Özbek futbolidagi eng katta avtoritet bölgan bu şaxsning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari özbek futboli rahbarligida ham qöl kelişiga köpçilik umid qilmoqda. Töğrisi, futbolimizga ilk marta uning içidagi inson rahbar böldi. Bungaça futboldan yiroq bölgan köplab insonlar bu lavozimlarni egallab kelişdi.

Oldingi rahbar Umid Ahmadjonov futbol uçun nimalardir qilişga intildi. Homiylik şartnomalari, çempionat öyinlari translatsiyasi, xorijlik murabbiyning kelişi (xorijlik murabbiy kelişi Ahmadjonovdan kattaroq insonlarning taşabbusi bölganini ta'kidlaş adolatli böladi) – bular albatta yaxşi özgarişlar. Lekin keraksiz islohotlar ham köp böldi. Masalan, PFLning yangi rahbariyati bekor qilgan böyinboğ taqib yuriş haqidagi topşiriq öta mantiqsiz qarorlardan biri edi. Futbolni bunday narsalar bilan rivojlantirib bölmaydi, axir.

Bundan taşqari, çempionat formati, reglament hadeganda özgaraverişi yaxşi oqibatlarga olib kelmadi.

Bizningça, Ravşan Ermatov yaxşi işlaşi uçun özidan oldingi rahbarlar yöl qöygan xatolarni körib çiqişi zarar qilmaydi. Xöş, ÖFAning yangi rahbariyati nimalarga e'tibor berişi kerak?

Islohotlarga berilmaslik kerak

Odatda biror taşkilotga yangi rahbar tayinlansa, u yeng şimarib islohot qilişiga kirişadi. Islohotlar esa doim ham samara beravermaydi. Ba'zan şunçaki mavjud tizimning «murvatlarini burab qöyiş»ning özi kifoya. Futbolimizning oldingi rahbariyati mana şunday islohotga öçligi sabab köp xato qildi. Bir qarasa taşkilotning, bir qarasa stadionning nomi özgargan. Oqibatda bugungi rahbariyat öşa xatolarni tuzatiş bilan vaqt ötkazyapti.

Yangi rahbariyat ham mana şunday keskin özgarişlar qilaman deb vaqt sarflamasligi kerak. Mavjud tizimdagi kiçik özgarişlar bilan ham oldinga siljiş mumkin. Gari Lineker aytganidek, futbolda eng qiyin iş eng oddiy narsani töğri bajariş. Öşa Lineker bir vaqtlar öynagan «Lester» qanday çempion bölganini eslang. Ular şunçaki qarşi hujumlarda töğri öynab Angliyaning grand klublarini çangida qoldirib ketişgandi. Xuddi şu misolni Xorvatiya milliy jamoasi haqida ham keltiriş mumkin. Kambağal davlat hisoblangan Xorvatiya milliy jamoasi jahon çempionati finaligaça yetib bordi.

Töğri, Xorvatiya futbolçilari Yevropaning kuçli jamoalarida öynaşadi, lekin öşa futbolçilar kuçli jamoaga ötiş uçun avval Xorvatiyada özini körsatgan-ku! Bu mamlakat futbolining eng katta yutuği Modriç, Rakitiç yoki Perişiç kabi futbolçilarda deyişadi. Ammo menimça, xorvat futbolining asosiy yutuği uning rahbarida. Xorvatiya futbol ittifoqini 2012 yildan buyon Davor Şuker boşqarib keladi. Mamlakat tarixidagi eng kuçli futbolçi hisoblangan Şuker öşa finalga çiqqan yigitlarning bolalikdagi kumiri.