Ayni kunlarda Şveytsariyaning Lozanna şahrida Xalqaro Olimpiya Qömitasi Ijroiya qömitasining navbatdagi yiğilişi bölib ötmoqda. Unda körib çiqilgan dastlabki masala kelasi yili Tokioda bölib ötadigan Olimpiya öyinlarida boks böyiça bahslarning yöllanmalari qay tartibda taqsimlanişi böldi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qömitasi.

Ma'lum qilinişiça, Tokio-2020 Olimpiadasida boks bahslari uçun erkaklar örtasida -52, -57, -63, -69, -75, -81, -91 va +91 kg vazn toifalari amal qiladi. Ayollar örtasida esa -51, -57, -60, -69 va -75 kilogramm vazn toifalari böyiça janglar olib boriladi.

Osiyo-Okeaniya mintaqasi uçun jami 63ta litsenziya ajratilib, ulardan 41tasi erkaklar, 22tasi ayollar boksi örtasida taqsimlanadi.

Olimpiya vazn toifalarida qit'alar uçun turli miqdorda yöllanmalar ajratildi. Masalan, bizning mintaqamizda -52, -57 va -63 kg vazn toifalariga 6tadan, -69, -75 va -81 kg vazn toifalariga 5tadan, -91 va +91 kg vazn toifalari uçun 4tadan örin ajratilgan. Ayollar toifasida esa -51 kg vazn uçun 6tadan, qolgan kategoriyalarga 4 tadan örin berildi.

Olimpiada uçun saralaş turnirlari kelasi yilning yanvar-may oylarida ötkazilişi belgilandi. Bu oraliqda 4ta qit'aviy va 1ta jahon miqyosida saralaş turnirlari ötkaziladi.

Saralaş musobaqalari mezbonlari hozirça e'lon qilinmagan.

Yanvar-aprel oraliğida barça qit'alar böylab mintaqaviy saralaş turnirlari ötkazilsa, unda yöllanma ololmaganlar uçun 2020 yilning may oyida jahon miqyosidagi lisenzion musobaqa bölib ötadi.

Ma'lumot uçun, Tokio Olimpiadasida boks bellaşuvlari 25 iyul-9 avgust kunlari bölib ötadi.

XOQ boksning Olimpiada dasturida qolişini talab qilmoqda


Boks böyiça Özbekiston va Kuba terma jamoalari qöşma yiğin ötkazişi mumkin