Yaponiyaning «Sagan Tosu» klubi hujumçisi Fernando Torres faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
«Atletiko», «Liverpul» va «Çelsi» klublarining sobiq futbolçisi ijtimoiy tarmoqda bu haqda e'lon qildi.
«18 ajoyib yildan söng, futbolçilik faoliyatimni yakunlaş payti keldi», — deb yozdi u «tvitter»da.
35 yoşli Torres 2018 yil yozida «Sagan Tosu» klubiga ötgan edi. U Jyey-liganing joriy mavsumida 7ta öyinda maydonga tuşib, birorta gol urolmadi.
Torres «Çelsi» tarkibida Çempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Angliya Kubogi ğolibi bölgan. «Atletiko» bilan ham Yevropa Ligasida zafar quçgan. Ispaniya milliy jamoasi tarkibida jahon çempionati (2010) va 2 marta Yevropa çempionatida (2008, 2012) ğalaba qozongan.












