Toşkentda 21 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmançi yalpi majlisi bölib ötdi.
Majlisda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.
– Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining bugungi yalpi majlisi barqaror milliy taraqqiyotimizning yangi bosqiçida, jamiyatimiz hayotining barça soha va tarmoqlarida keng kölamli va şiddatli demokratik islohotlar jadal olib borilayotgan mas'uliyatli bir davrda bölib ötmoqda, – deya davlat rahbari sözlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.

Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlar xalqimizning fidokorona mehnati tufayli izçil amalga oşirilayotgani, milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Prezident xalqimizning hayot darajasi va turmuş sifatini yanada yaxşilaş, Özbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e'tiborini yuksaltiriş bilan boğliq vazifalarni bajarişda Senatning roli va ta'sirini oşiriş zarurligini ta'kidladi.
Milliy va hududiy manfaatlar nuqtai nazaridan qonunlar işlab çiqilişida senatorlarning faolligini oşiriş, ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini amalga oşiriş, xalq deputatlari mahalliy kengaşlari bilan amaliy hamkorlikni yölga qöyiş, Senatning xalqaro yönalişdagi faoliyatini kuçaytiriş masalalariga e'tibor qaratildi.

– Biz Senat deganda, birinçi navbatda milliy parlamentimizning siyosiy, huquqiy va madaniy saviyasini amalda namoyon etadigan, xalq manfaatlarining çinakam ifodaçisi va haqiqiy himoyaçisi bölgan katta bir kuçni tasavvur qilamiz. Senator – bu xalqning yuksak işonçini qozongan vakil. Xalqimiz oldida hammamiz mas'ul va javobgarmiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari öz nutqida xotin-qizlar uçun munosib iş va turmuş şaroitlari yaratiş, ularni ijtimoiy himoya qiliş, ayollarning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oşiriş masalalariga alohida urğu berdi.
– Bir narsani tan oliş kerak: ayollar xalqning dardini boşqalardan köra çuqur his qiladi. Bu yil dekabr oyida Oliy Majlis va mahalliy kengaşlarga bölib ötadigan saylovlarda mehnatkaş va oqila ayollarimiz qançalik köp saylansa, bundan davlatimiz ham, jamiyatimiz ham faqat naf köradi, – dedi Prezident.













