Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi vaqtida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasi korrupsiyalaşgani töğrisida ham gapirdi.

«Mustaqil bölganimizdan beri neft-gaz sohasidagi loyihalarning 50 foizi pora bilan bölib kelgan.

Birgina Surğil neft-gaz loyihasi (Surğil konidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi — tahr.) bir amaldor 80 million dollar olgan! 80 million-a! Xalqni kim öylaydi?», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident qaysi amaldorni nazarda tutgani ma'lum emas.

Bundan avvalroq prezident prokuratura tizimidagi korrupsiya haqida gapirgandi.