Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi vaqtida çiqiş qilgan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev prokuratura organlari faoliyati töğrisida gapirdi.
Prezident prokuraturaning sobiq rahbarlarini tanqid qildi.
Şavkat Mirziyoyev cobiq boş prokurorlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgani haqida gapirar ekan, rahbarlardan «100 ming, 50 ming dollar» miqdorida pullar olingani haqida aytib ötdi.
«Bu nima degan gap? Mansab bersa, darrov özgarib qoladi. Viloyat prokurorlaridan 100 ming, 50 ming dollarlab olinadi. Prokuratura va soliq tizimidagilarning hammasi poraxör. Men buni yaxşi bilaman.
Men Murodovga işonç bildirgandim.
Prokuraturada korrupsiya bölaveradigan bölsa, men qanday qilib investorlarni jalb qilaman? Investor deputat yoki hukumat odamidan emas, tadbirkordan söraydi davlatdagi holat haqida. Tadbirkor nima deydi? Prokuror ham, vazir ham pul oladi deydi-da!
Sobiq rahbarlarning hammasi, u Abdullayev böladimi boşqasimi, katta muddat bilan ketadi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Otabek Murodov 2018 yilning yanvarida DXX rahbarligiga ötgan Ixtiyor Abdullayev örniga Boş prokuror bölgandi. 2019 yilning 20 iyunida u lavozimdan ozod etilib, uning örniga Senat raisi Niğmatulla Yöldoşev yangi boş prokuror etib tayinlandi.
Qayd etiş kerakki, bu sönggi 4 yil davomida törtinçi marta Özbekiston boş prokurori özgarişi böldi. 2000 yil fevralidan Özbekiston boş prokurori bölgan Raşid Qodirov 2015 yilning aprelida lavozimini tark etgan va uning örnini Ixtiyor Abdullayev egallagandi. Abdullayev 2017 yil yanvarida Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimini egallagaç, uning örnida Otabek Murodov iş boşlagandi. Ayni vaqtda ikki sobiq boş prokuror - Raşid Qodirov va Ixtiyor Abdullayevga qarşi jinoiy iş oçilgan va ularning ikkisi ham tergovda.












