«Sovuq qurol» tuşunçasi litsenziyalanuvçi faoliyat turlaridan çiqarib taşlanmoqda. Bu haqda senator Gulnora Törayeva Senat 20-yalpi majlisida Özbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga özgartiş kiritiş masalasi haqida qilgan nutqida ma'lumot berdi.
Törayevaning aytişiça, “Qurol töğrisida”gi Qonun bilan öqotar qurol qatorida fuqarolik va xizmat quroli turiga boşqa qurol turlari ham kiritilgan bölib, qayd etilgan qurol turlarining yuqori ijtimoiy xavfliligi sababli ularga ham işlab çiqariş, ta'mirlaş va realizatsiya qilişning litsenziyalaş tartibi tatbiq etilgan holda, «sovuq qurol» tuşunçasi litsenziyalanuvçi faoliyat turlaridan çiqarib taşlanmoqda.
Şuningdek, sud departamenti vakolati Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga ötkazilganligi uçun “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Qonunda «Sud departamenti» va «sud ijroçisi» degan sözlar tegişinça «Majburiy ijro byurosi» va «davlat ijroçisi» degan sözlar bilan almaştirilayotgani ta'kidlandi.








