Toşkentning «Lokomotiv» klubida jamoa Superliga 12-turida Samarqandda «Dinamo»ga 1:2 hisobida mağlub bölganidan söng yiğiliş ötkazildi. Unda jamoaning yangi murabbiyi ma'lum qilindi.

Şu vaqtgaça jamoada maslahatçi bölib işlab kelgan Samvel Babayan «Lokomotiv» boş murabbiyi etib tayinlandi. Ötgan yil «Lokomotiv» bilan qiyin vaziyatdan çiqib ketib, mamlakat çempioniga aylangan Andrey Fyodorov qoniqarsiz natijalar sabab iste'foga çiqarildi.

Samvel Babayan hozirgaça «Navbahor» va «Paxtakor»da menejyer, «Paxtakor» va Özbekiston milliy jamoasida boş murabbiy bölib işlagan. JÇ-2018 saralaşida özi xohlagan futbolçilarni öynatgani uçun muxlislarning keskin e'tiroziga sabab bölgan Babayan Janubiy Koreya bilan öyindan söng özi iştirokidagi oxirgi matbuot anjumanida savollarga ham javob bermay ketib qolgandi.

Keyinçalik futbolçilarning hujjatlarini özgartiriş va öz manfaatlarini milliy jamoa manfaatlaridan ustun qöygani uçun Babayan butun umrga futboldan çetlaştirilgandi. Lekin keyinçalik ma'lum bölişiça, Babayanning diskvalifikatsiyasi u e'lon qilinganidan ikki hafta ötib bekor qilingan bölgan.