Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp agar urush yuz bersa Eron “ilgari ko‘rmagan vayronagarchiliklar”ga duch kelishini aytdi
Foto: Jim Watson/AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush sodir bo‘lsa bu mamlakat “ilgari ko‘rmagan vayronagarchiliklar”ga duch kelishini, ammo buni istamayotganligini bildirdi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.
"Prezident Donald Tramp Eron bilan urushni istamayotganligini, ammo urush yuz bersa “ilgari ko‘rmagan vayronagarchiliklar” bo‘lishini aytdi", - deyiladi telekanal xabarida.
"Ammo buni istamayman", - deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.
20 iyun kuni Eron islom inqilobi korpusi soqchilari Hurmuz bo‘g‘ozida AQShga tegishli razvedka droni urib tushirilganini ma'lum qildi.
Keyinroq AQSh bu ma'lumotni tasdiqladi. Eron tomoni urib tushirilgan dronning modeli RQ-4 Global Hawk ekanini aniqladi.
Donald Tramp amerikaliklarning uchuvchisiz uchish qurilmasi urib tushirilganiga javoban Eronga zarba berish qarorini bekor qilganiga izoh berdi.
Tramp The New York Times nashrida Eronga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilish varianti ko‘rib chiqilgani haqida berilgan xabarni tasdiqladi.
«Men bu hujum oqibatida qancha odam halok bo‘lishi haqida so‘radim. Bir yuz ellik kishi, ser, deya menga javob berdi general. Zarba berilishiga o‘n daqiqa qolganida men bu qarorni bekor qildim, chunki bu urib tushirilgan uchuvchisiz dron uchun nomutanosib javob bo‘lardi», — deb yozdi prezident tvitterida.
Mavzuga oid
21:14 / 06.04.2026
Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi
20:10 / 06.04.2026
Polkovnikni qutqarish. Amerikalik uchuvchini Erondan olib chiqish amaliyoti tafsilotlari
18:21 / 06.04.2026
YUNISEF Eron rasmiylaridan bolalarni harbiy xizmatga yollashni to‘xtatishni talab qildi
14:17 / 06.04.2026